uzpdd.uz saytining telegram-sahifasi


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA

5. Yo‘lovchilarning majburiyatlari

23. Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘liq to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl yoki mopedlarda harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.

24. Yo‘lovchilarga:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish (unga xalaqit berish);
harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.

Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

Yoʻl harakati qoidalariga ilovalar / Yoʻl harakati qoidalarining belgilari

UzPdd.uz ©