Oʻzbek tilida kirill-lotin va lotin-kirill alifbosiga oʻzgartirish xizmati


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari

Yoʻl harakati qoidalariga 1-ILOVA | Yoʻl belgilari

1. Ogohlantiruvchi belgilar

Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yoʻl qismiga yaqinlashayotganligi haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora koʻrishni talab qiladi.

1.1. "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi".
1.2. "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi".
1.3. "Diqqat, temir yoʻl kesishmasini toʻsuvchi qurilma". Ushbu yoʻl belgisi toʻsuvchi qurilma bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmasiga etmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.3.1. "Bir izli temir yoʻl".
1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl".
1.3.1. — bir izli temir yoʻl, 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.
1.4.1-1.4.6. "Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashish".
Aholi punktlaridan tashqarida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qoʻshimcha ogohlantirish beradi.
1.5. "Tramvay yoʻli bilan kesishuv".
1.6. "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi".
1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv".
1.8. "Svetofor tartibga soladi". Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar oʻtish joyi yoki yoʻl qismini bildiradi.
1.9. "Koʻtarma koʻprik". Koʻtarma koʻprik yoki solda kesib oʻtish.
1.10. "Sohilga chiqish". Daryo yoki suv havzasi qirgʻogʻiga chiqishni bildiradi.
1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish". 1.11.1 — oʻngga, 1.11.2 — chapga yoʻl belgilari yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.
1.12.1, 1.12.2. "Xavfli burilishlar". 1.12.1 — birinchi burilish oʻngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga yoʻl belgilari yoʻlning xavfli burilishlari boʻlgan qismini bildiradi.
1.13. "Tik nishablik".
1.14. "Tik balandlik".
1.15. "Sirpanchiq yoʻl". Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismini bildiradi.
1.16. "Notekis yoʻl". Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.
1.17. "Tosh otilishi xavfi". Transport vositasining gʻildiragi ostidan shagʻal, tosh va shunga oʻxshashlarning otilib chiqish ehtimoli boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.
1.18.1-1.18.3. "Yoʻlning torayishi". 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — oʻngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish". Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanishni qismi boshlanishini bildiradi.
1.20. "Piyodalar oʻtish joyi". 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.
1.21. "Bolalar". Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻxshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22. "Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv".
1.23. "Taʼmirlash ishlari".
1.24. "Mol haydab oʻtish".
1.25. "Yovvoyi hayvonlar".
1.26. "Toshlar tushishi". Tosh koʻchishi, surilishi va tushishi mumkin boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.
1.27. "Yonlama shamol".
1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".
1.29. "Tunnel". Sunʼiy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtogʻining koʻrinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30. "Boshqa xavf-xatarlar". Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan xavf-xatarlar boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.
1.31. "Sunʼiy yoʻl notekisligi". Yoʻlning sunʼiy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.
1.31.1, 1.31.2. "Burilishning yoʻnalishi". Kichik radiusli, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.
1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi". T-simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishini, taʼmirlanayotgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.
1.32. "Tirbandlik". Ushbu yoʻl belgisi vaqtinchalik yoki tasviri oʻzgaradigan holatda tirbandlik hosil boʻlgan yoʻl yoki chorrahaga kirish oldidan yoʻlni yoki chorrahani aylanib oʻtish imkoniyati boʻlgan joyga oʻrnatiladi.

1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin oʻrnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.

Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.

Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa etmasdan (7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisisiz) oʻrnatilishi mumkin.

1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.

2. Imtiyoz belgilari

Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yoʻlning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

2.1. "Asosiy yoʻl". Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va kesishuvlarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.
Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.
2.2. "Asosiy yoʻlning oxiri".
2.3.1. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv".
2.3.2, 2.3.3. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuv". 2.3.2 — tutashuv oʻngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yoʻl belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada oʻrnatiladi.
2.4. "Yoʻl bering!". Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
2.5. "Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan". Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.

2.6. "Roʻpara harakatlanishning ustunligi". Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
2.7. "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

3. Taqiqlovchi belgilar

Taqiqlovchi belgilar yoʻl harakatiga maʼlum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi.

3.1. "Kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2. "Harakatlanish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3. "Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan".
3.4. "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan". Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.4 yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5. "Motoцikllar harakatlanishi taqiqlangan".
3.6. "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan". Traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.7. "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi". Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.
3.8. "Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan". Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek mol (poda) haydab oʻtish taqiqlanishini bildiradi.
3.9. "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan". Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.10. "Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan".
3.11. "Vazn cheklangan". Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.12. "Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan". Birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy ogʻirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.13. "Cheklangan balandlik". Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.14. "Cheklangan kenglik". Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.15. "Cheklangan uzunlik". Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.16. "Eng kam oraliq". Belgida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.1. "Bojxona". Bojxona (tekshiruv maskani) oldida toʻxtamasdan oʻtish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.2. "Xavf-xatar". Yoʻl-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.18.1. "Oʻngga burilish taqiqlangan".
3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".
3.19. "Qayrilish taqiqlangan".
3.20. "Quvib oʻtish taqiqlangan". Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. "Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri".
3.22. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan". Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri".
3.24. "Yuqori tezlik cheklangan". Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri".
3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan". Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanishini bildiradi.
3.27. "Toʻxtash taqiqlangan". Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.28. "Toʻxtab turish taqiqlangan". Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.29. "Oyning toq kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan".
3.30. "Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan".
3.31. "Barcha cheklovlarning oxiri". 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3.32. "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".
3.33. "Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".

3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

3.27 belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida taʼsir qilmaydi.
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motoцikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining taʼsir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi.

3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30, 3.32, 3.33 belgilari belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi boʻlmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha taʼsir qiladi. Yoʻlga tutash hududlardan dala va oʻrmonlarning yoʻl bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yoʻllardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi.

Aholi punktlariga etmay oʻrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning taʼsir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:

- 3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi orqali;
- 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi orqali;
- 3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oraligʻi oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha axborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha axborot belgisi bilan qoʻllaniladi.

3.27 belgisi 1.4 yotiq chizigʻi bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizigʻi bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.

3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, ularga faqat oʻsha tomonda amal qilinadi.

4. Buyuruvchi belgilar

4.1.1. "Harakatlanish toʻgʻriga".
4.1.2. "Harakatlanish oʻngga".
4.1.3. "Harakatlanish chapga".
4.1.4. "Harakatlanish toʻgʻriga yoki oʻngga".
4.1.5. "Harakatlanish toʻgʻriga yoki chapga".
4.1.6. "Harakatlanish oʻngga yoki chapga". Ushbu belgilarning taʼsir oraligʻida faqat yoʻnaltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yoʻnalishiga tegishli yoʻnaltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).

4.1.1 — 4.1.6 belgilari yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.

4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga taʼsir etadi.

4.1.1 belgisi yoʻlning qismi boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

4.2.1. "Toʻsiqni oʻngdan chetlab oʻtish".
4.2.2. "Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish". Toʻsiqni koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha chetlab oʻtishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.2.3. "Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan chetlab oʻtish". Toʻsiqni har tomonidan chetlab oʻtishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.3. "Aylanma harakatlanish". Yoʻnaltirgichlarda koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.4. "Yengil avtomobillar harakati". Yengil avtomobillar, avtobus, motoцikllar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.

Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

4.5. "Velosiped yoʻlkasi". Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmasa, velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4.6. "Piyodalar yoʻlkasi". Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
4.6.1. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlak".
4.6.2. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlakning oxiri".
4.6.3. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizigʻi yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.
4.6.4. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oxiri".
4.6.5. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizigʻi yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.
4.6.6. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oxiri".
4.7. "Eng kam tezlik". Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oxiri".
4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yoʻnalishi". "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yoʻl belgisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — toʻgʻriga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — oʻngga.

5. Axborot-koʻrsatgich belgilari

Axborot-koʻrsatgich belgilari maʼlum harakat tartiblarini kiritadi yoki ularni bekor qiladi, hamda aholi punktlari va boshqa manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot beradi.

5.1. "Avtomagistral". Yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi.
5.2. "Avtomagistralning oxiri".
5.3. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl". Faqat avtomobillar, avtobus va motoцikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.
5.4. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻlning oxiri".
5.5. "Bir tomonlama harakatli yoʻl". Transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.
5.6. "Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri".
5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish". Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.
5.8.1. "Boʻlaklar boʻyicha harakat yoʻnalishi". Boʻlaklar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.
5.8.2. "Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Boʻlak boʻyicha ruxsat etilgan harakat yoʻnalishini bildiradi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu boʻlakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining taʼsiri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.

5.8.3. "Boʻlakning boshlanishi". Yoʻlning sekinlashish boʻlagi yoki balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha boʻlakning boshlanish joyini bildiradi.
Agar belgiga 4.7 "Eng kam tezlik" belgisining tasviri tushgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy boʻlakdan qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi kerak.
5.8.4. "Boʻlakning boshlanishi". Uch boʻlakli yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta boʻlak qismining boshlanishini bildiradi.
5.8.5. "Boʻlak oxiri". Balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha boʻlakning yoki tezlanish boʻlagining oxirini bildiradi.
5.8.6. "Boʻlak oxiri". Uch boʻlakli yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta boʻlak qismining oxirini bildiradi.
5.8.7, 5.8.8. "Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʻlsa, unda bu tur transport vositasining tegishli boʻlakda harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʻnalishlar soniga koʻra toʻrt va undan ortiq boʻlakli yoʻllarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.

5.9. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak". Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi.

Belgi qaysi boʻlak ustida joylashgan boʻlsa, shu boʻlakka tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining taʼsiri oʻng boʻlakka tatbiq etiladi.

5.10.1. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl". Yoʻnalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan boʻlakni bildiradi.
5.10.2, 5.10.3. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlga chiqish".
5.10.4. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlning oxiri".
5.11.1. "Qayrilib olish joyi". Chapga burilish taqiqlanadi.
5.11.2. "Qayrilib olish oraligʻi". Qayrilib olish oraligʻining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.12. "Avtobus va (yoki) trolleybus toʻxtash joyi".
5.13. "Tramvay toʻxtash joyi".
5.14. "Yengil taksilar toʻxtab turish joyi".
5.15. "Toʻxtab turish joyi".
5.16.1, 5.16.2. "Piyodalar oʻtish joyi". Oʻtish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizigʻi boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.
5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan oʻtish joyi".
5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan oʻtish joyi".
5.18. "Tavsiya etilgan tezlik". Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning taʼsir oraligʻi xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
5.19.1 — 5.19.3. "Oxiri berk yoʻl". Yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishda oxiri berkligini bildiradi.
5.20.1, 5.20.2. "Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi". Belgida koʻrsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yoʻnalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari toʻgʻrisida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi oʻrnatilgan joydan chorrahagacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.
5.20.3. "Harakatlanish sxemasi". Chorrahada ayrim yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa harakatlanish yoʻnalishi yoki murakkab chorrahalarda ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.
5.21.1. "Yoʻnalish koʻrsatkichi".
5.21.2. "Yoʻnalishlar koʻrsatkichi". Koʻrsatilgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʻlishi mumkin.
5.22. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.23. "Aholi punktining oxiri". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.
5.24. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.25. "Aholi punktining oxiri". 5.24 yoʻl belgisi bilan koʻrsatilgan aholi punktining oxirini bildiradi.
5.26. "Manzil nomi". Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi. (daryo, koʻl, dovon, xushmanzara joy va h. k.).
5.27. "Masofalar koʻrsatkichi". Yoʻnalish boʻyicha joylashgan aholi punktlarigacha boʻlgan masofani bildiradi. (km).
5.28. "Kilometr belgisi". Yoʻlning boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofani bildiradi. (km).
5.29.1, 5.29.2. "Yoʻl raqami". 5.29.1 — yoʻlga berilgan raqam, 5.29.2 — yoʻlning raqami va yoʻnalishini bildiradi.
5.30.1 — 5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi". Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlari koʻrsatadi.
5.31. "Aylanib oʻtish tasviri". Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish chizmasini bildiradi.
5.32.1 — 5.32.3. "Chetlab oʻtish yoʻnalishi". Harakatlanish vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish yoʻnalishini bildiradi.
5.33. "Toʻxtash chizigʻi". Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻxtaydigan joyni bildiradi.
5.34.1, 5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlangʻich koʻrsatkichi". Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.
5.35. "Reversiv harakatlanish". Bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.
5.36. "Reversiv harakatlanishning oxiri".
5.37. "Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish".
5.38. "Turar joy dahasi". Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi.
5.39. "Turar joy dahasining oxiri".
5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli". Yoʻl harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda koʻrsatilgan holatlarda foydalaniladigan yoʻlni bildiradi.
5.41. "Foto- va video qayd etish"
5.42. "Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish". Transport svetofori qizil chirogʻining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.
5.43. "Radar". Yoʻllarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi. Ushbu yoʻl belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga oʻrnatilishi shart.
Staцionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yoʻl belgilarini, koʻchma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa koʻchma ustunga vaqtinchalik yoʻl belgilarini oʻrnatish koʻzda tutiladi.

5.44. "Velosipedchilar uchun yoʻlak". Yoʻl belgisi qaysi harakat boʻlagi ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, oʻsha harakat boʻlagiga taʼsir qiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan yoʻl belgisi oʻng boʻlakka taʼsir qiladi.
5.45. "Velosipedchilar uchun yoʻlakning oxiri".

Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obʼektga avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.

Oq rang koʻrsatilgan obʼekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.

Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obʼektga ushbu aholi punktidan chiqqandan soʻng avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan obʼekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.

6. Servis belgilari

Servis belgilari tegishli obʼektlar joylashuvi haqida maʼlumot beradi.

6.1. "Tibbiy yordam koʻrsatish joyi".
6.2. "Shifoxona".
6.3. "Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi".
6.4. "Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish joyi".
6.5. "Avtomobillarni yuvish joyi".
6.6. "Telefon".
6.7. "Oshxona".
6.8. "Ichimlik suvi".
6.9. "Mehmonxona".
6.10. "Kemping".
6.11. "Dam olish joyi".
6.12. "YPX maskani".
6.13. "Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti".
6.14. "Hojatxona".
6.15. "Chiqindi yigʻish joyi".

7. Qoʻshimcha axborot belgilari

Qoʻshimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllaniladi.

7.1.1. "Obʼektgacha boʻlgan masofa". Belgidan yoʻlning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.
7.1.2. "Obʼektgacha boʻlgan masofa". Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, 2.4. yoʻl belgisi bilan oʻrnatilib, chorrahagacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.
7.1.3, 7.1.4. "Obʼektgacha boʻlgan masofa". Yoʻldan chetda joylashgan manzilgacha boʻlgan masofani bildiradi.
7.2.1. "Taʼsir oraligʻi". Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. "Taʼsir oraligʻi".
7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsiri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.
7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsir oraligʻi oxirini koʻrsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yoʻl belgilari taʼsir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga oʻxshash joylar chetida toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining taʼsir oraligʻi va yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. "Taʼsir yoʻnalishlari". Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning taʼsir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.4.1 — 7.4.8. "Transport vositasining turi". Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.
7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yengil avtomobillarga, shuningdek toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
7.5.1. "Shanba, yakshanba va bayram kunlari".
7.5.2. "Ish kunlari".
7.5.3. "Hafta kunlari". Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʻrsatilgan.
7.5.4. "Amal qilish vaqti". Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.
7.5.5 — 7.5.7. "Amal qilish vaqti". Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi.
7.6.1 — 7.6.9. "Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli". 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻxtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar va motoцikllarni qoʻyish usulini bildiradi.
7.7. "Dvigatelni ishlatmasdan toʻxtab turish joyi". 5.15 belgisi bilan belgilangan toʻxtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan toʻxtab turishiga ruxsat etilganligini koʻrsatadi.
7.8. "Pullik xizmat koʻrsatish joyi". Toʻlov asosida xizmat koʻrsatilishini bildiradi.
7.9. "Toʻxtab turish muddati cheklangan". 5.15 belgisi oʻrnatilgan toʻxtab turish joyida transport vositalari toʻxtab turishining eng koʻp muddatini koʻrsatadi.
7.10. "Avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazish joyi". 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan koʻrsatilgan maydonlarda estakada yoki koʻzdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11. "Ruxsat etilgan toʻla vazni cheklangan". Belgining taʼsiri ruxsat etilgan toʻla vazni qoʻshimcha-axborot yoʻl belgisida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlgan transport vositalariga taalluqli ekanligini koʻrsatadi.
7.12. "Xavfli yoʻl yoqasi". Yoʻl ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.
7.13. "Asosiy yoʻlning yoʻnalishi". Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.14. "Harakatlanish boʻlagi". Belgi yoki svetofor taʼsiridagi harakatlanish boʻlagini koʻrsatadi.
7.15. "Koʻzi ojiz piyodalar". 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qoʻllaniladi, piyodalar oʻtish joyidan koʻzi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
7.16. "Nam qoplama". Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda taʼsir etishini koʻrsatadi.
7.17. "Nogironlar". 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻxtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.
7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19. "Foto- va video qayd etish". Yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qoʻllaniladi.
7.20. "Xavfli yuk toifasi". Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini koʻrsatadi.
7.21. "Evakuator ishlamoqda". 3.27 — 3.30 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida toʻxtagan transport vositalari majburiy evakuaцiya qilinishini koʻrsatadi.
7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 "Toʻsiq". Haydovchilarga toʻsiqning uzoqdan koʻrinishini taʼminlash maqsadida oʻrnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yoʻl belgilari bilan birgalikda oʻrnatiladi.

Qoʻshimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yoʻl yoqasining, trotuarning tepasiga oʻrnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.

Vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilari maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

Transport svetoforlari

Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:

- ishoralar tik joylashgan;
- ishoralar yotiq joylashgan;
- qoʻshimcha qismli;
- harakatni maʼlum yoʻnalishlarda tartibga soluvchi;
- reversiv;
- tramvay va boshqa yoʻnalishli transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi;
- temir yoʻl kesishmalarda harakatni tartibga soluvchi;
- tartibga solinmagan chorraha va piyodalar oʻtish joylarini belgilaydigan;
- korxona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatni tartibga soluvchi.

Piyodalar svetoforlari

Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:

- ishoralar tik joylashgan;
- tovush ishorali;
- qoʻl bilan boshqariladigan;
- piyodalar harakatini tartibga soluvchi.

YOʻL BELGILARI

OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR

Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati belgilari

UzPdd.uz ©