uzpdd.uz saytining telegram-sahifasi


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA

25. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish

146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.

147. Yo‘llarda transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish faqat amaliy boshqaruvni o‘rgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘rganuvchiga ruxsat etiladi. O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.

148. Transport vositasini boshqarishni o‘rgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv o‘rgatuvchisida transport vositasini boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.

149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida:

“A” toifasi uchun — 16 yoshga;
“V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga;
“BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga;
“D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.

150. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va o‘rgatuvchi uchun ulashish mexanizmi va ishchi tormozning qo‘shimcha tepkilari, qo‘shimcha orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu bilan jihozlanishi kerak.

151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi.

Yoʻl harakati qoidalariga ilovalar / Yoʻl harakati qoidalarining belgilari

UzPdd.uz ©