Oʻzbek tilida kirill-lotin va lotin-kirill alifbosiga oʻzgartirish xizmati


Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA

24. Mexanik transport vositalarini shatakka olish

142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta’minlaydigan hollar bundan mustasno.

143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi.

144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.

145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:

rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan ko‘p transport vositalarini;
shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lsa;
ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo‘lsa (haqiqiy vazni kam bo‘lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo‘l qo‘yiladi);
ikki g‘ildirakli mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Yoʻl harakati qoidalariga ilovalar / Yoʻl harakati qoidalarining belgilari

UzPdd.uz ©